Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza

Xizmatdan foydalanish

Xizmat haqida:
Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Tadbirkorlik.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot:
Farg'ona viloyat hoimligi.
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

  1. Bank to`lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganligi haqidagi kvitansiya);

  2. O`xshash yoki qisman o`xshash nomlanish yo`qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;

  3. Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;

  4. Dehqon xo'jaligi uchun yer ajratish to'g'risida xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Bepul.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Ikki ish kunidan ortiq bo'lmagan xolda.
Natijani olish usullari:
Shaxsan uslubida.Bunda ariza beruvchiga berilayotgan hujjatlar nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinet va elektron pochtasiga jo`natiladi.
Xizmat natijasi:
Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.
Rad etish sabablari:

  • Xizmat reglamentida ko'rsatilgan xujjatlarni taqdim etmaslik;

  • Taqdim etilgan hujjatlarning noaniqligi;

  • Ariza matnida kamsitish va xaqorat iboralari, reklamaning mavjud bo'lishi;

  • Mavjud qonunchilikka qarshi har qanday xatti-xarakatning bo'lishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi:
Murojaat rad etilganda ariza beruvchi yuqori tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.