Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash

Xizmatdan foydalanish

Xizmat haqida:
Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash yuridik shaxs-litsenziya talabgori ro'yxatdan o'tkazilgan joydagi shahar (tuman) hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Litsenziyalashtirish.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Tadbirkorlar.
Tashkilot
Mahalliy davlat hokimiyati organlari
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar (nusxalar soni):
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko'rsatilgan holda litsenziya berish to'g'risida ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatning, shu jumladan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag'lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
g) litsenziya berish to'g'risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig'im undiriladi.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Hujjatlarni ko'rib chiqish va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish muddati ariza va litsenziya olish uchun barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki ish kunini tashkil etadi.
Natijani olish usullari:
Elektron pochta orqali.

Xizmat natijasi:
Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Rad etish sabablari:
Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi:
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.