Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash

Xizmatdan foydalanish

Xizmat haqida:
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo`yicha faoliyatni litsenziyalash.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Litsenziyalash va ruxsat etuvchi hujjatlar.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Yuridik shaxslar.
Tashkilot:
Farg'ona viloyat hoimligi.
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda litsenziya berish to’g’risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
d) “O’zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo’limining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan taminlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus ma'lumotga egaligi to’g’risidagi xulosasi;
e) O’zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
j) yong’in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
z) “O’zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik taminot to’g’risidagi xulosa;
i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Bepul.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi.
Natijani olish usullari:
Shaxsan, pochta yoki elektron pochta orqali.
Xizmat natijasi:
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo`yicha faoliyatni litsenziyalash bo'yicha arizani ko'rib chiqish to'g'risida xabarnoma.
Rad etish sabablari:
O'zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida" (2000 yil 25 may 71-II - son) qonunining 17 moddasiga ko'rsatilgan sabablar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo'ladi.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Litsenziya beruvchi organ rahbariga murojaat etish.