Fermerlik xo`jaligini ro`yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish

Xizmatdan foydalanish

Xizmat haqida:
Fermerlik xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Tadbirkorlik.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot:
Farg'ona viloyat hoimligi.
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

  • Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (bank kvitantsiyasi nusxasi);

  • O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;

  • Tuman xokimining fermer xo'jaligini yuritish uchun yer maydoni ajratilganligi to'g'risidagi qarorini skaner nusxasi;

  • Muhr va shtamp eskizlarini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Eng kam ish haqining 1 barorbari.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddat.
Natijani olish usullari:
Shaxsan kelish. Shuningdek beriladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga va ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.
Xizmat natijasi:
Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.
Rad etish sabablari:

  • Xizmat reglamentida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etmaslik;

  • Taqdim etilgan hujjatlarning noaniqligi;

  • Ariza matnida kamsitish va xaqorat iboralari, reklamaning mavjud bo'lishi;

  • Mavjud qonunchilikka qarshi har qanday xatti-xarakatning bo'lishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi:
Murojaat rad etilganda ariza beruvchi yuqori tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.